
"Galatasaroy" APLdan hujumchi olib keldi
"Brayton" klubi forvardi Florin Andone faoliyatini "Galatasaroy" klubida davom ettiradi.
Ruminiya terma jamoasi hujumchisi turklar safiga bir yillik ijara asosida o‘tdi. "Galatasaroy" 25 yoshli futbolchining ijarasi uchun 700 ming evro to‘lab beradi.
Ma’lumot uchun, Andone 2018 yili "Deportivo" klubidan "Brayton"ga 5,25 mln funt evaziga transfer qilingan.
O‘tgan mavsumda, APLning 23 bahsida 3 ta gol urgan. Amaldagi mavsumda esa 3 ta bahs o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.
Fikrlar