"Galatasaroy" hujumchi sotib oldi
PSJ va "Galatasaroy" Mauro Ikardi transferi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, hujumchining kelishuvi yopilgan va “Galatasaroy” va PSJ futbolchini transfer qilishga kelishib olgan.
Frantsuz klubidagi manbalar Parij grandi yaqin orada transferni ma’qullashini tasdiqladi. Hozir tomonlar hujjatlarni kutmoqda.
Ikardi allaqachon turk klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. "Galatasaroy" hujumchi uchun taxminan 10 million evro to‘laydi.
2019 yilda Mauro "Inter"dan ijara asosida PSJga o‘tdi. Oradan bir yil o‘tib, uni 50+8 million evroga sotib olgan holda, to‘liq shartnoma imzolangan.
Fikrlar