"Galatasaroy" yangi hujumchi sotib olishga yaqin
Yozgi transferlar oynasida tarkibini kuchaytirishda davom etayotgan "Galatasaroy" yangi hujumchi sotib olishga yaqin turibdi.
"Fanatik" nashrining xabar berishicha, "sherlar" "An-Nasr" vakili Sedrik Bakambu bilan kelishib olgan va tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, frantsiyalik hujumchi jamoaning ikkinchi raqamli straykeri bo‘ladi.
Avvalroq. Turkiya klubining Eldor Shomurodovga qiziqayotgani borasida mish-mishlar tarqalgan. Agarda 28 yoshli futbolchi taklifga rozi bo‘lsa, jamoaning 3-raqamli hujumchiga aylanishi mumkin.

Fikrlar