"Galatasaroy"ning sobiq futbolchisi "Fenerbaxche"ga o‘tish arafasida
"Benfika" a’zosi Kerem Aktyurkoglu Turkiyaga qaytmoqda. Uning keyingi manzili "Fenerbaxche" bo‘ladi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining transferi borasida tomonlar kelishib olishdi. Istanbul klubi ushbu xarid uchun 22,5+2,5 million evro to‘laydigan bo‘ldi.
Aktyurkogluning o‘zi "Benfika" rahbariyatiga "Fenerbaxche"ga o‘tmoqchi ekanligini aytgan. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga etib keladi.
Kerem 2020 yildan 2024 yilgacha "Galatasaroy"da harakat qilgan va Portugaliya klubi uni 12 million evroga sotib olgandi.



Fikrlar