
G‘alati reyting. Unda professional boks yulduzlari va Ruslan Chagaev ham bor!
Buyuk Britaniyaning sportga ixtisoslashgan SPORTbible professional boksning o‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan charm qo‘lqop ustalarini turli kategoriyaga bo‘lib, antiqa reyting jadvalini tuzib chiqdi. Britaniyalik mutaxassislar buyuk chempionlar qatoriga o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagaevni ham qo‘shgan.
Ruslan Chagaev havaskorlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritganidan keyin professionallar o‘rtasidagi janglarda qatnashgan. O‘ o‘ta og‘ir vazn toifasida WBA jahon chempionligi kamari uchun 2007 yili 14 aprelda o‘tkazilgan uchrashuvda rossiyalik engilmas bokschi Nikolay Valuevni mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan, sharafli nomga sazovor bo‘lgan edi.
SPORTbible nashriga ko‘ra, turli kategoriyalar va ularga mos bokschilar quyidagicha:
Buyuk bokschilar: Lennoks Lyuis, Evander Xolifild, kenja Roy Jons
Elita vakillari: Tayson Fyuri, Vitaliy Klichko, Riddik Bou
Ortiqcha baho berilgan bokschilar: Mayk Tayson, Vladimir Klichko, Devid Xey
Yaxshi bokschilar: Entoni Joshua, Deontey Uaylder, Kris Berd, Maykl Murer
Oddiy bokschilar: Endi Ruis, Jozef Parker, Xasim Rahmon, Ruslan Chagaev, Korri Sanders, Samuel Piter, Sultan Ibragimov, Oleg Saksay
Dahshatli bokschilar: Shennon Briggs, Birmeyn Stivern, Nikolay Valuev, Frank Bruno, Jon Ruis, Leymon Bryuster, Xerbi Xayd, Sergey Lyaxovich, Genri Akinvande
Bokschi nomiga noloyiqlar: Charlz Martin, Bryus Seldon.
Fikrlar