
Gandbol bo‘yicha U20 ayollar terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l oldi
Joriy yilning 19-30 iyun kunlari Shimoliy Makedoniya gandbol bo‘yicha U20 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham 5 qit’aning eng kuchli 32 jamoasi orasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligida qatnashadigan jamoamiz Skope shahriga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 28-fevral – 3-mart kunlari Toshkentda o‘tgan "IHF Trophy" turnirida g‘alaba qozonib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. "G" kvartetidan joy olgan qizlarimizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
1-tur: Chernogoriya – O‘zbekiston (19 iyun)
2-tur: O‘zbekiston – Portugaliya (21 iyun)
3-tur: Gvineya – O‘zbekiston (22 iyun)
Fikrlar