Gandbolchilarimiz Rossiyadagi musobaqada kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

1-7 iyun kunlari Rossiyaning Tolyatti shahrida gandbol bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mamlakatimiz sharafini o‘smirlar terma jamoamiz qatorida Andijon va Jizzax OZMI jamoalari ham himoya qilishdi.

Tecno

Musobaqa yosh toifalariga qarab o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda hamyurtlarimizdan tashqari Rossiyaning turli avtonom Respublikalari, viloyat va shaharlaridan tashrif buyurgan jamoalar, shuningdek, Ukraina, Qozog‘iston va ozarbayjonlik yosh gandbolchilar ham bahs olib borishdi.

Aylana tizimda kechgan xalqaro turnir yakunida 2003-2004 yilda tug‘ilgan o‘smir yigitlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, qizlarimiz bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!