Gandboldan chiqqan o‘zbekistonlik mashhur bokschi haqida eshitganmisiz?

  • 7 may, 2020, 14:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shunday chempionlar borki, faoliyati mobaynida tasodif tufayli shug‘ullanayotgan sport turidan boshqasiga o‘tib ketadi va kelajakda ulkan natijalarni qo‘lga kiritadi. Mamlaktimiz sportchilari orasida ham bunday omadli tasodifga uchraganlari talaygina topiladi. Jumladan, boks bo‘yicha Olimpiada va jahon chempionati bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioni, ikki marotaba Osiyo chempionati g‘olibi va bir bor vitse-chempioni, “O‘zbekiston iftixori”  Rustam Saidov hayotida ham shunday omadli voqeylik yuzaga kelgan. Sovrindor bokschilarimizdan biri ham dastlab boshqa sport turi bilan shug‘ullanishni boshlagan. Keyinchalik esa, boksga o‘tib ketishga majbur bo‘lgan edi. Bu borada batafsil chempionimizning o‘zidan eshitamiz:

Tecno

aka rustam

- Assalomu alaykum!

- Vo alaykum assalom. Assalomu alaykum!

- Bizni sportchilik faoliyatingizdagi ajoyib bir voqeylik qiziqtirib qo‘ydi. Shu mavzuga doir bir-ikkita savol bilan murojaat qilmoqchi edik?

- Bemalol. Qanday hodisa ekan? O‘zimni ham qiziqtirib qo‘ydingiz. :)

- Boksdan avval boshqa sport turi bilan shug‘ullangan ekansiz?

- Ha, gap buyoqda deng... To‘g‘ri, avval gandbol to‘garagiga borganman.

- Men professional tarzda faoliyat olib borgan, degan ma’lumotni eshitgandim?

- To‘g‘ri, uch-to‘rt yil  jiddiy tarzda mashg‘ulotlar olib borganman. Lekin buni professional deb atasak to‘g‘ri bo‘larmikan?.

- Balki, bu borada ham qandaydir salmoqli natijalarga erishgandirsiz?

- Yo‘q. Ulgurmaganmiz. :)

- Bu sport turini tark etib, boksga o‘tib ketishingizni sababi nima bo‘lgandi?

- Murabbiyimiz Rossiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Keyin men boksga borganman.

- Agar, ustozingiz ketmaganda ushbu sport turida qolgan bo‘lar ekansizd-a?

- Albatta.

- Hozirda ham gandbol o‘ynab turasizmi?

- Yo‘q. Lekin televizor orqali ushbu sport turi bo‘yicha yirik turnirlarni kuzatib boraman. Gandbol musobaqalari ham juda qiziqarli bo‘ladi.

- Farzandlaringiz ham ushbu sport turiga qiziqar, balki bu borada mashg‘ulotlar ham olib borar?

- Yo‘q. O‘g‘lim katta tennis bilan professional tarzda shug‘ullanadi.

- Vaqt ajratganingiz uchun minnatdormiz. O‘z o‘rnida o‘g‘lingizni ham faoliyatiga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

- Katta rahmat!

suxrob

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!