Gari Nevill "Chelsi"ning "Man.Siti"ga qarshi o‘yinini sharmandalik deb atadi

  • 6 mart, 2018, 15:51
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports telekanalining eksperti Gari Nevill “Chelsi” – “Manchester Siti” qarama-qarshiligi haqida fikr bildirib o‘tdi.

Tecno

- O‘ylashimcha, “Chelsi” futbolchilariga uchrashuvda qattiyatlik etishmadi. Men “Nyukasl”ning “Siti”ga qarshi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatmaganidan “Nyukasl”dan norozi bo‘lganman. Ammo, kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Chelsi”ning xatti-harakatlari meni “lol” qoldirdi.

APLda bunday o‘yin ko‘rsatish sharmandalikdir. Raqibning kuchi, yoki jamoalarning o‘yin uslubi mag‘lubiyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu “londonliklarning” uchrashuvga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib berdi.

O‘zingiz guvohi bo‘lganingizday bahs davomida “Chelsi” futbolchilari “shaharliklarning” qay tarzda to‘p tepishlarini tomosha qilib turishdi, - deya Nevillning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!