Gattuzo APL klubini boshqarishi mumkin

  • 27 sentabr, 2021, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" va "Napoli" klublarining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Calcio Mercato tarqatgan xabarga qaraganda, italiyalik mutaxassis "Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryusning o‘rnini egallashi mumkin. Manbaga ko‘ra, APL klubi rahbariyati jamoaning hozirgi ustozidan norozi va allaqachon unga o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, aynan Gattuzo bu lavozimga asosiy da’vogar. Joriy yoz Jennaro "Tottenxem"ni boshqarishga yaqin edi, lekin tomonlar o‘zaro kelisha olishmadi.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzoning oxirgi ish joyi u ikki oydan kamroq vaqt boshqargan "Fiorentina" edi. Uning qo‘l ostida jamoa birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!