Gattuzoga APLdan xaridor chiqdi

  • 24 mart, 2021, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 43 yoshli italiyalik mutaxassis mavsum yakunlangach neapolliklar safidan ketadi va "Vulverxempton"da ish boshlaydi. Mahalliy nashrlar esa Gattuzoning xizmatlariga "Latsio"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida yozmoqda.

Ma’lumot uchun, Gattuzo "Napoli"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi ayni damda 53 ochko bilan A Seriya musobaqa jadvalida kuchli beshlikda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!