Gattuzoning Moskvaga nega kelgani ma’lum bo‘ldi
“Milan” klubi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Rossiya poytaxtiga nega kelgani ma’lum bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra italiyalik mutaxasiss Moskvaga “Match Premer” telekanali sharhlovchisi Nobel Arustamyanning “Insayderlar” ko‘rsatuvida ishtirok etish uchun kelgan. U shuningdek ertaga RPLning 11-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Zenit” uchrashuvini ham stadiondan turib tomosha qilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Gattuso Moskvaga rus klublaridan birini boshqarishi mumkinligi uchun tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar