Gattuzoning "Napoli"dagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum

  • 21.12.2019 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sassuolo" klubi yarim himoyachisi Jeremi Boga "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra neapolliklar transfer narxi 12 mln evroga baholanayotgan 22 yoshli ivuarlik futbolchini sotib olishni rejalashtirishmoqda.

“Napoli” Boganing o‘ziga 5 yillik shartnoma va yiliga 1,5 mln evro taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Boga joriy mavsum “Sassuolo” 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!