
Genduzi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Marsel" vakili Matteo Genduzi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Unga "Latsio" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "FootMercato" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Italiya klubi 15 million evrolik taklif bilan chiqqan, lekin frantsuzlar transfer uchun 22 million evro talab qilmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, yarim himoyachi "Latsio" safiga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Genduzi 2022 yilda "Arsenal"dan 11 million evroga to‘liq sotib olingan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar