
Germaniya futboli afsonasi: Ronaldu hammasini to‘g‘ri qildi
Germaniyalik afsonaviy futbolchi Lotar Matteus portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menga bu harakat yoqdi, chunki bu oddiy qadam emas edi. Krishtianu dunyoning eng yaxshi chempionatiga qaytdi va allaqachon 4 ta gol urdi. Men buni tushunaman. U hamma narsani to‘g‘ri qildi”, - dedi Matteus.
36 yoshli Ronaldu oradan 12 yil o‘tib joriy yozgi transferlar davrida “Yuventus”dan 15+8 million evro evaziga MYuga qaytdi.
Krishtianu 2003-2009 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u “Real” Madridga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar