Getji amputantga qarshi jang qilganini bilasizmi?

  • 22 oktabr, 2020, 15:31
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC engil vazn toifasining vaqtinchalik chempioni Jastin Getjining statistikasiga e’tibor bersak, 86 foiz janglarida nokaut yoki texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Amerikalik jangchi shu tarzda 19 marta zafar quchgan. Shu qatorda, Toni Fergyusonga qarshi kamar uchun  kechgan jangda ham!

Ammo Getji shunday bir jangni o‘tkazganki, bu noodatiy edi. 2014 yilning yozida Jastin nufuzli WCOF (hozirgi PFL) kamarini himoya qilgan. E’tiborli tomoni va jangning noodatiyligi shundaki, uning raqibi amputant Nik Nyuell bo‘lgan. Muxlislar diqqatini o‘ziga jalb qila olgan, oktagon qonga belangan va tomoshabop tarzda kechgan jangda Getji texnik nokaut evaziga g‘alabani tantana qilgan. Ammo jang davomida Nyuell ham osonlikcha taslim bo‘lmagan va raqibini bir necha bor xavf ostida qoldirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!