
"G‘ijduvon" bosh murabbiyi: "Ba’zi futbolchilarning kuchi etmayapti"
Pro liganing 14-turi doirasida "Mash’al"ga qarshi bahsdan keyin "G‘ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin juda og‘ir o‘tdi. Ko‘rganingizdek, deyarli butun o‘yin davomida himoyalandik. Faqatgina o‘yinning oxirroqlarida hujumga o‘tdik. Raqib darvozasiga faqatgina bir zarba berdik va bir marta standart ishladik. Shu sababli aytishim mumkin, bunday bahsda qo‘lga kiritilgan bir ochko biz uchun juda yaxshi natija. Yigitlarga rahmat aytaman. Bugun ular o‘zlarini o‘yinga bahsh qila olishdi. Ularga hech qanday e’tirozim yo‘q. Durang bizni qoniqtirdi".
- Jamoa faqatgina o‘yinning so‘nggi 15 daqiqasida hujumga o‘ta oldi. Bu jamoaning taktikasimidi?
"Biz ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynadik. "Mash’al" o‘yinni to‘laqonli nazorat qildi. Keyinchalik barchasini boshidan boshladik va 15-daqiqadan keyin uch markaziy himoyachi bilan o‘ynadik. O‘tgan o‘yinda shunday xato qilib, gol o‘tkazib yuborgandik. Bugun esa hech bo‘lmaganda himoyani yaxshi ushlashimiz kerak edi. O‘yindan o‘yinga jismoniy holatimizni yaxshilab boryapmiz. Ammo ba’zi futbolchilarning kuchi etmayapti. Shu sababli majburiy o‘zgarishlar amalga oshirdik. Bugun kim maydonga tushgan bo‘lsa, barcha o‘zini ko‘rsata oldi. Barchaga rahmat, ishlashda davom etamiz".
"Mash’al" klubi matbuot xizmati
Fikrlar