
Gol urish mana shunaqa bo‘ladi. Pokerdan keyin Ronaldu nimalar dedi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 16-turida “Al-Vahda” jamoasi darvozasiga to‘rtta gol urdi.
Bu voqeadan keyin jahon matbuoti yana 38 yoshli yulduzga e’tibor qarata boshladi. Krishtianuning o‘zi tarixiy voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘z fikrlarini bayon qildi.
- Jamoaning yirik g‘alabasi asnosida to‘rtta gol urib, 500 talik marradan o‘tganim ajoyib hissiyotdir, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni milliy chempionatlarida kiritgan jami gollari sonini 503 taga etkazib oldi.
Fikrlar