Gol urish uning xobbisi

  • 29 sentabr, 2020, 23:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasining uchinchi turi doirasida amaldagi chempion – “Real” Sevilya shahridagi “Benito Vilyamarin” stadionida mahalliy “Betis” jamoasiga qarshi murakkab uchrashuvda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Madridliklarning 3:2 hisobidagi ustunligida yakunlangan uchrashuvda g‘alaba golini o‘z an’anasiga muvofiq, Serxio Ramos urdi.

Ei3nDB9XcAIBrSV-680x375-1

Bu gol Ramosga qator rekord natijalarni yangilash imkonini berdi. Xususan, “Real” sardori La Ligada ketma-ket 17 mavsumdan beri uzluksiz gol urayotgan dunyodagi yagona himoyachi hisoblanadi. Musobaqa tarixida uzluksiz gol urish bo‘yicha faqatgina ikki hujumchi Ramosdan oldinda. “Atletik” to‘purari Agustin Gainse 19 ta mavsum davomida, “Real”ning Santilyana nomi bilan mashhur hujumchisi Karlos Alonso 17 yil raqiblar darvozasini ishg‘ol etishni kanda qilmagan. Agar Ramos hali faoliyatini to‘xtatish niyati yo‘qligini inobatga olsak, Gainsening rekordi ham ikki yil ichida yo‘qqa chiqarilishi mumkin. Shu o‘rinda, gol urish Gainse va Santilyananing asosiy vazifasi ekanini, Ramos uchun esa gol urish xobbi, u asosan mudofaaga va o‘z darvozasi daxlsizligiga mas’ulligini unutmaslik kerak.

Serxio Ramosning to‘purarlik bo‘yicha yana bir e’tiborga molik natijasi penaltilarni bexato bajarishi bilan bog‘liq. Har qanday vaziyatda ham xotirjamligini yo‘qotmaydigan himoyachi o‘zi ijro etgan so‘nggi 24 ta penaltining barchasini gol bilan yakunlay olgan.

Shu o‘rinda, o‘tgan yilgi mavsum Serxio Ramos faoliyatida eng sermahsuli bo‘lganini e’tirof etish lozim. “Real”ning chempionlik poygasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan 34 yoshli himoyachi mavsum davomida 11 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u faqatgina asosiy to‘purar Karim Benzemadan ortda qoldi xolos. “Real”ning Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo, Luka Yovich va Lukas Vaskes kabi hujumchilari o‘z vazifalarini qanday bajarish bo‘yicha Ramosdan dars olsalar o‘zlari uchun ancha manfaatli bo‘lardi.

2020-07-18-52-benzemasergioramos

O‘tgan mavsumda jamoa sardori raqib darvozasini zabt etgan birorta uchrashuvda madridliklar  mag‘lubiyatga uchramadi. Qolaversa, “Alaves”, “Real Sosedad”, “Xetafe” va “Atletik” darvozasiga urilgan Ramosning gollari “Qirollik klubi”ga uchtadan ochko keltirdi.

Serxio Ramos o‘tgan mavsumning so‘nggi uchrashuvida “Leganes” darvozasiga yo‘l topib, klublar miqyosidagi gollari sonini 100 taga etkazgandi. Bu gal yangi mavsumdagi ilk goli uni yuzlik dovonidan oshirdi. Bu dunyo himoyachilari o‘rtasida eng yaxshi natija va rekord.

Shuningdek, Serxio Ramos Ispaniya milliy terma jamoasida ham to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. Mamlakat bosh jamoasi uchun 172 ta o‘yinda gollari sonini 23 taga etkazib olgan Ramos Serxio, dunyodagi barcha terma jamoalar himoyachilari o‘rtasida eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!