
Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Yuventus" ochko yo‘qotdi
A Seriyaning 19-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Atalanta" uchrashuvi yakunlandi. O‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi va ikkala jamoa bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Dastlab, Lukman 5-daqiqada hisobni ochdi. Turinliklar birinchi taymni o‘zida kichik kambek amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Lukman va Meylelar gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Danilo 66-daqiqada hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, "Yuventus" turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi. "Atalanta" esa 6-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar