
Gollari uni qutqara olmadi. “Barsa” Suaresga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi
“Barselona” etakchi hujumchilardan biri Luis Suaresga o‘ziga boshqa jamoa topishi kerakligini ma’lum qildi.
Muvaffaqiyatsiz yakunlangan mavsumdan so‘ng, kataloniyaliklar tarkibni yoshartirishga kirishdi. 30 yoshdan oshgan futbolchilar orasida faqatgina Lionel Messi qolishi mumkin. Qolgan yulduzlarga birma-bir chiqish eshiklari ochilmoqda.
33 yoshli Luis Suares ham yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda 21 ta gol urib. 12 ta golli pas oshirganiga qaramay, Kataloniyani tark etadigan bo‘ldi. Ayni paytda tajribali hujumchini sobiq jamoasi “Ayaks” va Qatarning “Al-Ahli” klubi o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Shartnomasi kelasi yili yakunlanadigan Suaresning transfer summasi 28 million evroga baholanmoqda.
“Barselona” urugvaylik hujumchi o‘rniga “Inter”dan Lautaro Martinesni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Hujumda Ronaldu, Suares va Grizmann birga o‘ynaydi
“Barselona”: Suares tayyorlan, birinchilardan ketasan!
“Barselona” Suares va Grizmann boshchiligidagi yulduzlarini sotuvga qo‘ymoqda
Fikrlar