Gollivudni zabt etayotgan UFC jangchilari bilan tanishing

CHERY AUTO

Ba’zi MMA jangchilari oktagondan tashqarida ham o‘z muxlislar auditoriyasiga ega. Jumladan, boshqa soxada ham bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlari bor. Jumladan ko‘plab, aralash jang san’ati vakillari filmda ham sur’atga tushishadi. Ularning orasida bu borada ham muvaffaqiyat qozonganlari talaygina. Bugun, ularning 10 nafari bilan tanishtiramiz.

Tecno

Tayron Vudli

UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempion Tayron Vudli ham kino sanoatida asta-sekin o‘z nomiga ega bo‘lib bormoqda. Uning bu borada ham ishlari chakki emas. U hozirga qadar,

"Kuyovlar ovozi" (2015) va "Kikbokser" (2016), "Bollivud sultoni" (2016) filmlarida sur’atga tushgan.

07_7uN1geN

Keyt Jardin

Faxriy Keyt Jardin hech qachon MMA olamida super yulduzi bo‘lmagan, ammo u bir qator filmlarda rol ijro etib, bu borada muxlislar e’tiboini tortdi. Jumladan, Longmayr (2012 - ...), “Tungi navbatchi” (2014 - ...) va Voiz (2016 - ...) seriallarida rol o‘ynagan. ), shuningdek, "Jon Uik" (2014), va "Logan" (2017)  filmlarida muvaffaqiyatli ishtirok etadi.

250261_large

Maykl Bisping

Navbatdagi qahramonimiz o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni ham yaxshigina aktyorlik mahoratiga ega. Yaqinda Bisping 3X: Jahon hukmronligi" (2017 ) kinosi va "Egizaklar" (2017 - ...) serialida o‘z ishtiroki bilan muxlislar qalbidan joy ola bildi.

439388

Kung Li

Aralash yakkakurash janglari faxriysi Kung Li o‘zining jang san’ati qobiliyatini kinolarda namoyish etmoqda. Sobiq o‘rta vazn toifasidagi chempion. Uni «Qoidasiz jang» (2009), «Pandorum» (2009), «Ajdaho ko‘zlari» (2011), «Temir musht» (2012) va «Buyuk usta (2013)» kabi filmlarda ko‘rinish bergan. Uni hozirda deyarli aktyor sifatida bilishadi.

maxresdefault_13

Jorj Sen-Per

Jorj Sen-Perning ismini "Hech qachon taslim bo‘lma" (2009) va "Kikbokser" (2016) kabi jangovar filmlarida ko‘rish mumkin. UFC ning super yulduzlaridan biri o‘zining eng katta rolini 2014 yilda “Birinchi qasoskor” filmida o‘ynagan: "Boshqa urush" kino kartinasida esa u Kapitan Amerikaga qarshi kurashuvchi salbiy qahramon Batrok sifatida gavdalanadi.

maxresdefault (1)_5

Ronda Rouzi

Ayollar o‘rtasidagi UFC ning afsonaga aylangan jangchisi Ronda Rousi Gollivud namoyandalarining e’tiborini tortdi va katta kinoda rol o‘ynash uchun unga ko‘plab takliflar tushadi. U “Chegrasiz 3” (2014) va “Forsaj 7” (2015) filmida o‘ziga taqdim etilgan rolini muvaffaqiyatli ijro etadi.  Keyinchalik, "Anturaj" (2015) kabi komediya janridagi kino kartinada ham qobiliyatini namoyish eta oldi.

0d5e84d12f78944a8c80bb6cec186cbd

Rendi Kutyur

Ushbu jangchi ham kino olamida o‘z o‘rnini topa oldi. Sobiq UFC chempionining muvaffaqiyatli ishtiroki - "Beshikdan tobutgacha" (2003), "Chegarasiz" trilogiyasi va "Gavayi 5.0" (2010 - ...) filmlarida bo‘ldi.

12424

Jina Karano

Jina Karano o‘zining MMA dagi mahoratini shou-biznesda ham muvaffaqiyatli davom ettirdi. Aralash yakkakurashlarning ayollar o‘rtasidagi ilk jangchilaridan biri hisoblanadigan Karano "Nokaut" (2012), "Forsaj 6" (2013) va "Dedpul" (2016)  filmlarida kutilganidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ushbu kino kartinalar qanday mashhurlikka erishganidan xabaringiz bor.

1468489658130697786

Deyv Batista

Deyv Batista MMA da bitta professional jangini o‘tkazgan xolos. Shunday bo‘lsada, baribir uni bu safga qo‘shishni lozim toptik. Deyv MMAdan ko‘ra, restlingda yanada mashhur edi. U Gollivudda ham yo‘qolib qolmadi. Aksincha, o‘zining muxlislariga ega bo‘ldi. U “Galaktika qo‘riqchilari”(2014) va "Qo‘riqchi" filmlarining ikki qismida ajoyib ijrosi e’tirofga sazovor bo‘ladi.

03163830.687247.802

Oleg Taktarov

Filmdagi rollarning ko‘pligini inobatga olgan holda, Oleg Taktarovni MMA jangchilari orasida eng muvaffaqiyatli aktyor deb hisoblash mumkin. Ammo hamma ham bu fikrga qo‘shila olmaydi. Chunki odatda u bosh rollarda sur’atga tushgan. Shu nuqtai nazardan agar, u bosh qahramon sifatida gavdalanmaganda edi bu darajada e’tibor qozona olmasdi deganlar ham ko‘plab topiladi. Ammo MMA faxriysi davomiy ravishda Gollivud va Rossiya filmlarida sur’atga tushib kelmoqda. Oleg "Prezident samolyoti" (1997), "15 daqiqalik shon-sharaf" (2001), "Yomon yigitlar 2" (2003), "Millat xazinasi (2004)", "Yirtqichlar" (2010) filmlaridagi va “Dengiz politsiyasi: Maxsus bo‘linma” seriallari unga bu borada ulkan mashhurlik keltirgan.

1487506138118917701

Albatta bu hammasi emas, ularning repertuarida yana bir qator ajoyib filmlardagi ijrolari mavjud. Biz eng ko‘zga ko‘ringanlari haqida ma’lumot berdik xolos. Qolaversa, hozirgi kunda yana ko‘plab jangchilar Gollivudni zabt etishmoqda. Bularni ham tez orada tanishtirish istagidamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!