
Golovkinning navbatdagi jangi qachon, qaerda va kim bilan bo‘lishi ma’lum
Gennadiy Golovkinning Kamil Seremetga qarshi jangi 29 fevral kuni Chikagoda "Wintrust Arena" da bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Golovkinning promouteri Eddi Xirn e’lon qildi.
“29 fevral - bu sanada biz uchun navbatdagi jang bo‘lishi mumkin.
Chikagoda jang qilish juda yaxshi variant bo‘lar edi. Chunki Seremet ham polshalik. Bu erda esa juda ko‘p polyaklar istiqomat qilishadi. Shunday ekan, Chikagoda bizni albatta qo‘llab-quvvatlashadi”,- dedi Xirn.
Fikrlar