
“Granada” sobiq ustozi rasman Jazoir termasiga boshchilik qiladigan bo‘ldi
Bir necha kun muqaddam Ispaniyaning “Granada” jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Lukas Alkaras rasman Jazoir terma jamoasiga ustozi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar bermoqda.
Avvalroq bu lavozimga «Deportivo», «Sevilya», «Atletiko» va «Vilyarreal» klublarida faoliyat olib borgan mutaxassis Xoakin Kaparrosning nomzodi ilgari surilayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Jazoir terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida hozirgacha 2ta uchrashuv o‘tkazgan va bor yo‘g‘i 1 ochko to‘plashga erishgan.
Fikrlar