Grandlar nishonida turgan Kamavinga o‘ziga jamoa tanladi

  • 27 fevral, 2021, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining iste’dodli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga o‘ziga bo‘layotgan takliflarni o‘rganib chiqib, “Real”da to‘p surishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ayni paytda yosh futbolchi “Renn” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga rozilik bergan. Biroq buning uchun frantsuz klubi “Real” so‘ragan paytda Kamavingani hech qanday to‘siqlarsiz Madridga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Eduardo Kamavinga “Manchester Yunayted” ham jiddiy da’vogarlik qilayotgan edi. Futbolchining bu qaroridan keyin Sulsher o‘z e’tiborini boshqa yarim himoyachiga qaratishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!