Grandlar qurshovidagi "Chelsi" futbolchisi jamoada qoladi

  • 30 noyabr, 2021, 23:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, agar "ko‘klar" yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilsa, Ryudiger jamoada qolishga tayyor. Hozircha London klubi yangi kelishuv taqdim etmadi. Antonioning "arristokratlar" bilan amaldagi bitimi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. 

Avvalroq, Ryudigerga PSJ, "Bavariya" va "Real" klublari qiziqayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Joriy mavsum futbolchi 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!