Grilish APLda antirekord o‘rnatdi

  • 18 avgust, 2019, 00:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-Ligasining 2-turida, "Aston Villa" klubi "Bornmut"(1:2)ga yutqzib qo‘ydi.

Birmingemliklarning yarim ximoyachisi Jek Grilish uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq u APLda ketma-ket 20-marotaba mag‘lubiyatga uchradi. Bu musobaqaning antirekordi bo‘lib, tarixga kirdi.

23 yoshli futbolchining bu seriyasi 2014/15 yilgi mavsumda boshlangan. Ushbu mavsumda o‘tkazgan so‘nggi 2 uchrashuvida Grilish mag‘lub bo‘lgan.

2015/16 yilgi mavsumda, u 16 ta bellashuvda maydonga tushgan va barchasida mag‘lubiyat alamini tortgan.

So‘nggi 3 ta mavsumni, "Aston Villa" Chempionshipda o‘tkazdi.

Yangi boshlangan mavsumning dastlabki 2 turida Grilish jamoasi bilan biga yutqazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!