
Grinvud: U meni o‘z qanoti ostiga olgan professional
Meyson Grinvud Pol Pogba haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Pogba - ajoyib yigit va meni o‘z qanoti ostiga olgan professional. U top futbolchi. Evropaning har qanday jamoasi unga ega bo‘lishni xohlaydi. Agar u Frantsiya chempioatiga kelsa, ajoyib bo‘lardi", - dedi "Marsel" forvardi.
Aytish kerak, Pol Pogba ayni vaqtda erkin agent hisoblanadi. Futbolchiga doping bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng yaqinda yana professional faoliyatini davom ettirishga ruxsat berildi.
Fikrlar