Grinvudning MYudan ko‘ngli qolgan

  • 28 fevral, 2024, 22:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Xetafe"da ijara asosida to‘p tepayotgan Meyson Grinvud "Manchester Yunayted"ga qaytish niyatida emas. 

"The Athletic" xabariga ko‘ra, Grinvud zo‘ravonlikda ayblangani ortidan etarlicha qo‘llab-quvvatlanmagan va keyinchalik ayblovlar bekor qilingan. Qolaversa, ijara asosida o‘ynayotgan yarim himoyachi Premer-ligaga qaytgach, bosim va tekshiruvlarga duch kelishiga ishonib, La Ligada qolishni afzal ko‘radi.

22 yoshli angliyalik futbolchiga "Barselona" va "Atletiko" kabi klublari qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. U joriy mavsum 22 uchrashuvda maydonga tushib, 5 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!