Grizmann "Atletiko" tarixida birorta futbolchi uddalay olmagan ishni qildi

  • 14.04.2019 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" Madrid forvardi Antuan Grizmann kecha La Liganing 32-turi doirasida "Selta"ga (2:0) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu esa 28 yoshli frantsiyalik futbolchining joriy mavsumdagi 20-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, Grizmann shu tariqa “Atletiko” safida ketma-ket 5ta mavsumdan buyon 20tadan kam gol urmagan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Grizmanning yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi borasida turli mish-mishlar keng tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!