
Grizmann La Ligada yubiley golini kiritdi
Madridning “Atletiko” jamoasi Ispaniya chempionati 33-turida “Espanol”ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda yagona golni “matraschilar”ning etakchisi Antuan Grizmann kiritdi. Bu gol Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun Ispaniya chempionatida 100-si bo‘ldi.
Bu borada Grizmann vatandoshlari orasida faqat "Real" hujumchisi Benzemadan ortda bormoqda.
Fikrlar