Grizmann Madridga bormaydi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann "Atletiko"ga qaytmaydi.
29 yoshli futbolchi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman qo‘l ostida 4 ta bahs o‘tkazib, birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi. Shunday bo‘lsa-da, frantsiyalik futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.
"U Madridga bormaydi, uning kelajagi "Barsa" bilan bog‘liq," - dedi Grizmann vakillaridan biri Ektor Fernandes Radio Marca nashriga bergan intervyusida.
"Ko‘k-anorranglilar" hujumchini 2019 yilda "Atletiko"dan 120 mln evroga sotib olgan edi.



Fikrlar