
Grizmann qaerda faoliyatini davom ettirishni bilmayapti
"Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann kelasi mavsum qaerda faoliyatini davom ettirish borasida bir qarorga kelganicha yo‘q.
- Kelajagim haqida o‘ylayapman, ammo bir qarorga kelganim yo‘q, - deydi Grizmann Independent nashriga. - EChL mening asosiy maqsadim. Bolaligimdan ushbu turnirda g‘olib chiqishni istayman.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann o‘tgan mavsum barcha turnirda 49 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol va 15 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar