
Grizmann Ronaldu bilan birga o‘ynaydi
“Barselona” frantsiyalik hujumchisi Antuan Grizmannga yangi ish joyi qidirmoqda. Kataloniyaliklarni “Atletiko”ga jo‘natib, o‘rniga Saul Nigesni olmoqchi edi. Biroq bu rokirovka o‘xshamadi.
Endi “Barselona” rahbariyati “Yuventus” bilan do‘stona aloqalaridan foydalanib, turinliklarni yana bir rokirovkaga chorlamoqda. Ronald Kuman Grizmanni Turin klubiga berib, o‘rniga Paulo Dibalani taklif qilmoqchi.
Ma’lumki, “Yuventus” anchadan beri Paulo Dibalani yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti. Qolaversa, Dibalaning Argentina terma jamoasidagi sherigi Lionel Messi ham “Barsa” bilan yangi hamkorlikni rasmiylashtirishga yaqin turibdi. Bu omil ham hujumchini Kataloniyaga ko‘chib o‘tishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Agar bu transfer amalga oshsa, “Yuventus” hujumida Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann tandemini ko‘rishimiz mumkin.
Transfermarkt portali Grizmannni 60 million, Dibalani 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar