
Grizmann: "Yana 15 ta gol urishim kerak"
Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann nima uchun yozgi transfer oynasi vaqtida “Atletiko”ni tark etmaganini aytdi.
"Menga qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, muzokaralar bo‘ldi, lekin bor e’tiborimni "Atletiko"da o‘ynashga qaratgandim. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun yana 15 ta gol urishim kerak. Men qolishga qaror qildim. Yangi rekord o‘rnatmoqchiman, - deya Grizmanning so‘zlarini keltiradi "Canal+".
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi madridliklar safida 344 ta o‘yin o‘tkazib, 158 ta gol urgan. “Matraschilar” rekordchisi Luis Aragones bo‘lib, uning hisobida 173 ta gol bor.
Fikrlar