
Grizmanning 40-soniyadagi goli "matraschilar"ga 3 ochko keltirdi (video)
Bugun Ispaniya La ligasida 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. Madridning "Atletiko" klubi bu tur safarda "Malaga" bilan kuch sinashdi.
Ushbu o‘yinning 40-soniyasida Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol "matraschilar"ga 3 ochko olib keldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Atletiko"ning jamg‘argan ochkolari soni 52 taga etdi va jamoa 2-o‘rinda bormoqda.
Quyida esa "Malaga" - "Atletiko" o‘yini videosharhi bilan tanishasiz.
Fikrlar