"Guanchjou Evergrand" "Barselona" vingeri uchun 50 mln evro taklif qilmoqda

  • 3 yanvar, 2019, 09:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Guanjou Evergrand" klubi "Barselona" vingeri Malkomga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 21 yoshli braziliyalik futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning evaziga kataloniyaliklarga 50 mln evro berishga tayyor. Gap shundaki, Malkomga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jiddiy qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Malkomni o‘tgan yoz "Bordo"dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 9ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Bundan avvalroq Malkom "Everton"ning taklifiga rad javobini bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!