
Gvardiola Aguero yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashini aytdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola argentinalik hujumchi Serxio Agueroning keyingi manzili "Barselona" bo‘lishiga ishonmoqda.
“Bu sirmi? Aguero “Barsa” bilan kelishuvga erishishga yaqin ko‘rinadi. Bu mening yuragimdagi klub. Serxio erda u barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Messi bilan o‘ynaydi. Bu unga yoqishiga ishonaman. Ehtimol, u bilan birga jamoa yanada kuchayar”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Shu yoz 32 yoshli argentinalik futbolchining “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi. Evropa nashrlari uni “Barselona” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida yozmoqda.
Aguero “shaharliklar” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 10 yil davomida o‘z hisobiga 260 ta gol hamda 73 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar