Gvardiola: APLga juda kuchli futbolchi keldi

  • 19.09.2020 00:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" va "Bavariya"dagi sobiq shogirdi Tyago Alkantaraning “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Uni Angliya premer-ligasida ko‘rishdan mamnunman. Chempionatga yana bir juda kuchli futbolchi keldi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

29 yoshli Alkantara bugun “Liverpul” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 6-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!