Gvardiola Azarni "Manchester Siti"da ko‘rmoqchi

  • 3 yanvar, 2021, 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" vingeri Eden Azar yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga "Manchester Siti"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. E’tiborlisi, uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibda ko‘rmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis Azar va Kevin De Bryuyne juftligi “Siti”ni kuchaytirishiga ishonmoqda.

“Real” rahbariyati Azarni sotmoqchi emas. Ammo kelajakda Erling Xoland, Eduard Kamavinga hamd Kilian Mbappe kabi futbolchilarni sotib olishi mumkinligi inobatga olinsa, madridliklar Eden bilan xayrlashishi ham mumkin.

Azar joriy mavsumning aksariyat qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!