Gvardiola “Bavariya” yulduzini olishga rozilik berdi

  • 21 dekabr, 2024, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelasi yoz jamoasiga “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmixni qo‘shib olishga rozi bo‘ldi.

29 yoshli nemis futbolchisi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. “Shaharliklar” tajribali futbolchini bepul transfer qilish imkoniga ega. Gvardiola roziligi bilan manchesterliklar transfer bo‘yicha muzokarani boshladi.

TBR Football nashrining yozishicha, Kimmix uchun kurashda “Manchester Siti” Ispaniya grandi “Barselona” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Ilgari Kimmixga ustozlik qilgan Xasn-Diter Flik futbolchining universalligini qadrlaydi va uni Kataloniyaga olib kelishni mo‘ljallayapti.

Yozua Kimmix asli yarim himoyachisi bo‘lsa-da, himoya chizig‘ida ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Myunxenliklar tarkibni yangilash maqsadida yozda bir necha futbolchi bilan xayrlashadi. Ular qatorida Kimmix ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!