Gvardiola: Birinchi navbatda ularga uy topishimiz kerak

  • 20 iyul, 2022, 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining mavsumlar oralig‘ida amalga oshirgan transferlari haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" bu yozda Kelvin Fillips va Erling Xoland bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

“Biz yangi o‘yinchilarga ortiqcha bosim o‘tkaza olmaymiz. Biz birinchi navbatda ularga uy topishimiz kerak. Shundagina ularning mashg‘ulotlardagi kayfiyati ko‘tariladi”, - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

26 yoshli yarim himoyachi Kelvin Fillips “Manchester Siti”ga “Lids”dan 60 million evroga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, 21 yoshli hujumchi Erling Xoland uchun “Siti” “Borussiya”ga 75 million evro to‘lagan. Tez orada “Brayton” a’zochi Mark Kukurelya ham "shaharliklar"  safiga o‘tishi mumkin. Uni shaxsan Gvardiolaning o‘zi jamoada ko‘rishni xohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!