Gvardiola: Biz ko‘p pul topyapmiz, ammo...
Pep Gvardiola futbolchilarning zich taqvimi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Uchrashuvlar sonini qisqartirish g‘oyasi futbolchilar uchun yaxshi bo‘lardi. Biroq hech narsa o‘zgarmaydi.
Futbolchilar nimadir qilishlari kerak. Nimadir sodir bo‘lishi mumkin. Ularsiz shou davom eta olmaydi. Shuning uchun hammasi ularga bog‘liq.
Bu katta biznes. Ularning katta maoshlari bor. Shikoyat qilmaslik kerak. Sababi, ko‘p pul topyapmiz. Shunday bo‘lsa-da, sifatni himoya qilish ham zarur.
Futbolchi bitta o‘yinni o‘tkazib yuborganidan keyin o‘ynamasa, shikoyat qilishi mumkin. Ammo kelajak futbolchilari mavsumda 60 ta o‘yin o‘tkazganlarida shunday holatga aniq duch kelishadi.
Agar futbolchilar nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, futbolda buni faqat ular qo‘lga kirita oladi”, - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola.

Fikrlar