Gvardiola: Bizga hech kim kubok olib bermaydi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi mavsum va chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik haqida to‘xtalib o‘tdi.
"To‘g‘ri, "Manchester Siti" chempionlar ligasida g‘alaba qozona olmayapti. Bu biz qo‘lga kiritmagan yagona kubok bo‘lib turibdi.
Xohlagan narsaga erishish qanchalik qiyin ekanini tushunamiz. Bizga hech kim kubokni olib bermaydi. Hammasiga o‘z kuchimiz bilan erishishimiz kerak.
Yangi mavsum oson o‘tmaydi. Ammo qiziqarli bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. Doimgidek barcha musobaqalarda zafar quchishni istayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar