
Gvardiola: “Bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi“
“Manchester Siti“ bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Sporting“ga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, jamoa yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi mumkin edi.
“Ba’zi futbolchilar odatdagidan yomonroq o‘yin ko‘rsatishdi. Biz ayrim vaziyatlarda to‘pni osonlikcha raqibga topshirdik.
Dastlabki 7 daqiqa “Sporting“ning qanchalik yaxshi jamoa ekanini ko‘rsatib berdi. Ishoning, biz va ular o‘rtasidagi farq 5:0 darajasida emas.
Futbolda bir qoida bor: to‘p sizda bo‘lganida, uni yo‘qotmaslik lozim, ayniqsa, oddiy vaziyatlarda. Agar bu xatolar Evropaning top klublariga qarshi o‘yinda sodir bo‘lganida, ular tezlik bilan qarshi hujumga o‘tib ketardi.
Shunga qaramay, men xursandman. Sababi, keyingi bosqich uchun katta qadam tashladik. Biroq bundan ham yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi“, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar