Gvardiola “Chelsi” o‘ynamayotgan futbolchini so‘rayapti

  • 15 sentabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelyaning “Chelsi”da ishlari yurishmay qoldi. Qimmatga olingan himoyachi tarkibga kiritilmayapti.

Maurisio Pochettino ham avvalgi murabbiylar kabi bu o‘yinchi xizmatiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlamoqda. Bu vaziyatdan “Manchester Siti” foydalanib qolmoqchi.

Xosep Gvardiola 2023 yilning boshidan ham Kukurelyani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirgan edi. Biroq o‘shanda “aristokratlar” bu taklifni qabul qilmagan.

Argentinalik mutaxassis joriy mavsumda Premer-liga o‘yinlarida Kukurelyani hali o‘ynatgani yo‘q. Himoyachi Angliya ligasi kubogida “Uimbldon” jamoasiga qarshi bitta uchrashuvda to‘p tepdi xolos.

Transfer mutaxassislari “Manchester Siti” bu o‘yinchini qishki transferlar vaqtida olishga urinib ko‘rishini taxmin qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!