Gvardiola chempionlik kurashidagi imkoniyatlari haqida gapirdi

  • 08.01.2026 09:47
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola ketma-ket 3ta durangdan so‘ng jamoasining chempionlik kurashidagi holati haqida gapirdi.

"Biz ketma-ket 3ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadik. Ayni vaqtda biz uchun chempionlik qiyin masalaga aylanib boryapti. Biz oldinga harakatlanishda davom etamiz" - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

"Shaharliklar" Angliya Premier-ligasida ketma-ket 3ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. "Sanderland" bilan 0:0, "Chelsi" va "Brayton" bilan esa 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" APLning 21-turidan so‘ng, 43 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasini band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!