Gvardiola chempionlik kurashiga izoh berdi
Xosep Gvardiola mavsum tugashiga ikki tur qolgan pallada musobaqa peshqami “Arsenal” bilan chempionlik poygasini baholadi.
“Manchester Siti” 31-turining qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, “Arsenal” bilan ochkolar orasidagi farqni ikkitaqacha qisqartirdi.
“Shaharliklar” chempionlikka erishishi uchun “to‘pchilar” qolgan ikki o‘yning bittasida ochko yo‘qotishi kerak bo‘ladi.
- Afsuski, vaziyat ko‘p sabablarga ko‘ra bizning qo‘limizda emas. Bizda ajoyib jamoaviy ruh bor. Endi navbatda yana bir kubok finali turibdi. Chempionatning oxirigi ikki turidagi “Bornmut” va “Aston Villa” oson raqiblar emas.
“Bornmut” evrokuboklar uchun kurashyapti va men bu jamoa oxirgi marta qachon yutqazganini eslay olmayman.
Amo hozir barcha fikrlar boshqa narsada, ya’ni “Chelsi”ga qarshi finalda,- dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Angliya kubogi finali 16 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar