Gvardiola Gexi va Ake oʻyinini alohida taʼkidladi
"Manchester Siti" Premyer-liganing 35-turida oʻz maydonida "Brentford"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.
"Shaharliklar" barcha gollarni ikkinchi boʻlimda urdi. Jeremi Doku 60-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, Erling Xoland 75-daqiqada ustunlikni mustahkamladı. Uchrashuvga nuqtani esa Omar Marmush 92-daqiqada qoʻydi.
Oʻyindan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining reaksiyasidan mamnun ekanini aytdi.
"Oʻtgan turda "Everton"ga qarshi oʻyinda gʻalabani qoʻldan chiqargandik, ammo futbolda bunday holatlar boʻlib turadi. Muhimi — muvaffaqiyatsizlikdan keyin toʻgʻri reaksiya bildirish. Bugun Mark Gexi va Natan Ake qanday oʻyin koʻrsatganiga qarang. Men juda xursandman", — dedi Gvardiola.
35 turdan keyin "Manchester Siti" musobaqa jadvalida ikkinchi oʻrinni egalab turibdi. Jamoa peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko orqada bormoqda.

Fikrlar