Gvardiola Gyundoganning kuchli tomonlari haqida gapirdi

  • 30 aprel, 2023, 15:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Ilkay Gyundogan haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Gyundogan jamoa uchun muhim futbolchi. U kamtar va jimgina orqasidan boshqa o‘yinchilarni ergashtiradigan etakchi. Unda gol instinkti rivojlangan va samarali uzatmalar bera oladigan hujumkor yarim himoyachi. Bundan tashqari u to‘g‘ri pozitsiyani tanlashda adashmaydi. Ilkay tayanch yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi", - deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Daily Mirror" nashri.

Ma’lumot uchun, germaniyalik xavbek 2016 yilning yozidan buyon "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda Ilkay 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!